Javob: Ambulator sharoitda surunkali kasalliklarni davolash uchun beriladigan dori vositalari aholiga yetkazib berilishidan oldin amaldagi qonunchilikka muvofiq qator bosqichlarda tekshiruvlardan o‘tkaziladi:
1️⃣ Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish – har bir dori vositasi amaldagi Qonun va Hukumat Qarorlariga muvofiq Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
2️⃣ Muvofiqlik sertifikati – dori vositalari belgilangan standart va normativ hujjatlarga mos kelishi haqida muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi shart.
3️⃣ Tekshiruv va nazorat – ularning xavfsizligi, samaradorligi va sifat ko‘rsatkichlari maxsus texnik reglamentlar asosida baholanadi.
📝 Faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan va muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlangan dori vositalari aholiga bepul beriladi.