Телефон доверия:
(+998 71) 241 02 39
Электронная почта:
info@tibbiysugurta.uz

2025 yilda Jamg‘armaning Murojaatlar bo‘limi xodimlari 31 999 nafar fuqaro bilan bevosita muloqot o‘tkazdi

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > 2025 yilda Jamg‘armaning Murojaatlar bo‘limi xodimlari 31 999 nafar fuqaro bilan bevosita muloqot o‘tkazdi
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > 2025 yilda Jamg‘armaning Murojaatlar bo‘limi xodimlari 31 999 nafar fuqaro bilan bevosita muloqot o‘tkazdi

2025 yilda Jamg‘armaning Murojaatlar bo‘limi xodimlari 31 999 nafar fuqaro bilan bevosita muloqot o‘tkazdi. Ular tomonidan amalga oshirilgan qayta aloqalar soni 22 746 ta (shulardan 1 428 nafar fuqarolarning aloqa raqamlari noto‘g‘ri kiritilgani aniqlandi).

Ishonch telefoni orqali — 6 287 ta,
1149 qisqa raqami orqali 2 305 ta murojaat qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali — 630 ta, elektron shaklda esa 24 ta murojaat qabul qilindi.
Tahlil natijalariga ko‘ra:
Jamg‘armaga shikoyat yoki minnatdorchilik bilan qilingan murojaatlar 2239 tani, qayta aloqa jarayonida qayd etilgan og‘zaki e’tirozli murojaatlar 1350 tani tashkil qildi.

“Call-markaz” (1149) orqali kelib tushgan murojaatlarni turlari quyidagilar:
Jamg‘arma faoliyatiga doir — 983 ta;
Boshqa turli masalalar bo‘yicha — 1322 ta.

Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi, fuqarolarga aniq va tushunarli javoblar berildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot va qayta aloqa tizimli ravishda davom ettirilmoqda.