2025 yilda Jamg‘armaning Murojaatlar bo‘limi xodimlari 31 999 nafar fuqaro bilan bevosita muloqot o‘tkazdi. Ular tomonidan amalga oshirilgan qayta aloqalar soni 22 746 ta (shulardan 1 428 nafar fuqarolarning aloqa raqamlari noto‘g‘ri kiritilgani aniqlandi).
Ishonch telefoni orqali — 6 287 ta,
1149 qisqa raqami orqali 2 305 ta murojaat qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali — 630 ta, elektron shaklda esa 24 ta murojaat qabul qilindi.
Tahlil natijalariga ko‘ra:
Jamg‘armaga shikoyat yoki minnatdorchilik bilan qilingan murojaatlar 2239 tani, qayta aloqa jarayonida qayd etilgan og‘zaki e’tirozli murojaatlar 1350 tani tashkil qildi.
“Call-markaz” (1149) orqali kelib tushgan murojaatlarni turlari quyidagilar:
Jamg‘arma faoliyatiga doir — 983 ta;
Boshqa turli masalalar bo‘yicha — 1322 ta.
Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi, fuqarolarga aniq va tushunarli javoblar berildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot va qayta aloqa tizimli ravishda davom ettirilmoqda.