O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasi yanada yangilanmoqda.
2025-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-88-sonli Farmonni imzoladi.
Bu muhim hujjat sog‘liqni saqlash sohasida ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan yangi tibbiyot modelini joriy etish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda tizim samaradorligini kuchaytirishda yangi imkoniyat eshiklarini ochib berdi.
Yangi modelning asosiy yo‘nalishlari
Farmonga muvofiq, sog‘liqni saqlash tizimida qator muhim o‘zgarishlar amalga oshiriladi:
Ushbu tajriba loyihasi joriy yilning 1-iyulidan 15 ta tuman va shaharda, 2026-yil 1-yanvardan esa Samarqand viloyatining barcha tuman (shahar)larida tajriba-sinov tariqasida yangi model joriy etiladi.
Aholi va tibbiyot xodimlari uchun nima yangiliklar bo‘ladi?
Yangi model asosida oilaviy poliklinika, shifokor punktlari va mahalla tibbiyot markazlari yagona tizimga birlashtiriladi. Aholi o‘z oilaviy shifokorini erkin tanlash huquqiga ega bo‘ladi.
Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar esa markaziy shifoxonalar huzuridagi maslahat-diagnostika bo‘linmalariga aylantiriladi.
2030-yilga qadar har bir tibbiyot brigadasiga ko‘pi bilan 1,7 nafar aholi biriktirilishi strategik maqsad sifatida belgilangan. Shu bilan birga, oilaviy poliklinikadan 10 kilometrdan uzoq masofada yashovchi aholi uchun tibbiyot xodimlarining sayyor xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Yangi model tibbiyot xodimlariga ham qator yengillik va imkoniyatlar yaratadi. Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlari asosida ish haqi va qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi, maxsus ko‘nikmalar talab etiladigan shifokorlarning maoshiga
25 foizdan 100 foizgacha ustama qo‘shiladi. Bunda oilaviy poliklinikalarda shifokorlar faqat to‘liq stavkada ishlaydi.
Oilaviy poliklinikalarda oilaviy shifokor, pediatr, akusher-ginekolog, tashxislash mutaxassislari va stomatolog xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Raqamlashtirish — yangi bosqich
Tizimda raqamlashtirish muhim o‘rin tutadi. Elektron qabul, elektron yo‘llanma, yagona bemorlar reyestri raqamlashtiriladi. Bunda shaxsiy kabinet orqali aholini “Tibbiyot brigadasi”ga biriktirish, oilaviy shifokor bilan onlayn bitim tuzish imkoniyati yaratiladi.
Bemorlar «Elektron sog‘liqni saqlash» axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Tibbiyot muassasalarida qog‘oz hisobotlar to‘liq elektron shaklga o‘tkazilib, tibbiyot xodimlarining ortiqcha ish yuklamasi kamaytiriladi.
Tajriba-sinov loyihasi joriy etilgan hududlarda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali tibbiyot tashkilotlariga iyul-sentyabr oylarida 517 mlrdga yaqin mablag‘ to‘lab berildi.
Bu esa aholiga xizmat sifatini oshirish, shifokorlar mehnatini munosib qo‘llab-quvvatlash va sohadagi islohotlarni yanada samarali davom ettirishga xizmat qiladi.
Qisqa qilib aytganda, yangi tibbiyot modeli aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish va shifokorlar mehnatini qadrlashga qaratilgan bo‘lib, mamlakatimizda sog‘lom jamiyat barpo etish yo‘lida yana bir muhim qadamdir.
DTSJ Matbuot va PR xizmati