O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.09.2024 yildagi PQ-311-son, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.10.2024 yildagi VMQ-619-son qarorlari tasdiqlandi. Ushbu qarorlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining 24.07.2025 yildagi 226-son buyrug‘iga asosan kasalliklarni ambulator sharoitda davolash uchun ishlatiladigan va reimbursatsiya dasturiga kiritiladigan 28 turdagi dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi.


Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Kuzatuv kengashi majlisining 03.10.2024 yildagi “Reimbursatsiya dasturi doirasida beriladigan dori vositalarining qoplash qiymatini belgilash va to‘lovlarni amalga oshirish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 81-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jamg‘armaning 30.12.2025 yilda “Eng yaxshi takliflarni tanlab olish komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 919-sonli buyrug‘i tasdiqlandi.
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tanlovga 26 ta farmasevtika faoliyati bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar har bir dori vositasining shakli va dozasi bo‘yicha o’z narxlari aks ettirilgan takliflarini jamg‘armaning elektron pochtasiga taqdim qilishdi. O‘tkazilgan tanlovda 28 turdagi dori vositalarining shakli va dozasi bo‘yicha 52 ta lotning 30 tasiga 3 va undan ko‘p takliflar berilgan, 14 tasiga 3 tadan kam taklif berilgan va 8 tasiga umuman taklif berilmagan. Yetarli takliflar berilmagan 14 ta lot va taklif umuman berilmagan 8 ta lot bo‘yicha qo‘shimcha tanlov Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joriy yil 27 yanvarda e’lon qilindi. Tanlovga natijalariga ko’ra 28 turdagi dori vositalarining shakli va dozasi bo‘yicha 156 ta savdo nomlari tanlab olindi. Tanlab olingan savdo nomlari bo‘yicha 22 ta g‘olib tashkilotlar bilan kelishuv shartnomalarini imzolash ishlari olib borilmoqda.