Телефон доверия:
(+998 71) 241 02 39
Электронная почта:
info@tibbiysugurta.uz

O‘zbekiston va Qozog‘iston – tibbiy sug‘urta sohasida hamkorlikda

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > O‘zbekiston va Qozog‘iston – tibbiy sug‘urta sohasida hamkorlikda
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > O‘zbekiston va Qozog‘iston – tibbiy sug‘urta sohasida hamkorlikda

Qozog‘istonning «Ijtimoiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasi» boshqaruv raisi A.Kulseytov rahbarligidagi delegatsiya Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga rasmiy tashrif buyurdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar davlat va majburiy ijtimoiy tibbiy sug‘urta sohasidagi tajribalar bilan o‘rtoqlashish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda sug‘urta tizimini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi va “Fond sotsialnogo meditsinskogo straxovaniya” nodavlat aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida o‘zaro tushunish va hamkorlik haqidagi Memorandum imzolandi.

Memorandumning maqsadi — ikki davlat o‘rtasida tibbiy sug‘urta sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va bu yo‘nalishda xalqaro tajriba almashishdan iborat.