Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil etilgan onlayn seminar-treningda
davlat tibbiy sugʼurtasi tizimining:

🔹 oʼziga xos jihatlari,
🔹 aholi uchun afzalliklari,
🔹 kelgusidagi rejalari va
🔹 fuqarolar hayotiga taʼsiri
batafsil muhokama qilinmoqda.
Jonli muhokama, savol-javoblar va amaliy yechimlar — barchasi ushbu seminarning asosiy qismlaridandir.
Uchrashuvning Yunusobod tumani 54-oilaviy poliklinikada tashkil etilishi jarayonlarni amalda koʼrsatish imkoniyatini yaratdi.
DTSJ Matbuot va PR xizmati