Телефон доверия:
(+998 71) 241 02 39
Электронная почта:
info@tibbiysugurta.uz

 “Elektron retsept” tizimi joriy etilmoqda: nimalarni bilish muhim?

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar >  “Elektron retsept” tizimi joriy etilmoqda: nimalarni bilish muhim?
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar >  “Elektron retsept” tizimi joriy etilmoqda: nimalarni bilish muhim?

Yurtimizda “Elektron retsept” tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Ushbu tizim doirasida quyidagi muhim qoidalar belgilangan:
Elektron retsept faqat shifokor tomonidan rasmiylashtiriladi.
Davlat va xususiy tibbiyot muassasalari tizimga bepul ulanadi.
Dori vositalari dorixonalarda elektron retsept, QR-kod yoki JShShIR orqali beriladi.
Аntibiotiklar, antibakterial hamda gormonal dori vositalarini berishda elektron retsept majburiy hisoblanadi.
Аgar dori tibbiyot muassasasida mavjud boʼlmasa, shifokor retsept yozadi, maʼlumotlarni farmatsevt tizimga kiritadi.
Chet el fuqarolari ham davlat tibbiyot muassasalarida elektron retsept olish huquqiga ega.
Sogʼliqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan 1003 qisqa raqamli Call-markaz orqali aholiga 24 soatlik maslahat xizmatlari koʼrsatiladi.
Yotoq rejimidagi hamda surunkali kasallikka chalingan bemorlar masofadan turib elektron retsept olish imkoniyatiga ega.
Surunkali bemorlar uchun berilgan elektron retseptlar 60–90 kun mobaynida amal qiladi.
Tizim toʼliq joriy etilgunga qadar ayrim hollarda qogʼoz retseptdan foydalanishga ruxsat etiladi.
Tizimni joriy etishdan asosiy maqsad bemorlar xavfsizligini oshirish, dori tayinlashda shifokorlar masʼuliyatini kuchaytirish hamda dori vositalari aylanmasini samarali nazorat qilishdan iborat.
Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 sentyabrdagi qaroriga koʼra, 2025 yil 10 dekabrdan Toshkent shahri va tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman (shahar)da, 2026 yil yakuniga qadar esa respublika boʼylab barcha dorixonalarda “Elektron retsept” tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, fuqarolar dorixonalarga shifokor tizimga kiritgan elektron retsept asosida murojaat qilishlari lozim.
Eslatma: Davlat tibbiy sugʼurtasi tizimida ham “Elektron retsept” amaliyoti mavjud boʼlib, reimbursatsiya tizimida surunkali kasallikka chalingan bemorlarga moʼljallangan 28 turdagi dori vositalari elektron retsept asosida aholiga bepul taqdim etiladi.

DTSJ Matbuot va PR xizmati