Телефон доверия:
(+998 71) 241 02 39
Электронная почта:
info@tibbiysugurta.uz

Birga hayotni saqlaymiz!

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Birga hayotni saqlaymiz!
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Birga hayotni saqlaymiz!

Inson hayoti — eng ulug‘ qadriyat. Ba’zan esa kimningdir hayotini saqlab qolish uchun ko‘p narsa kerak emas. Atigi bir tomchi qon kifoya.

Yo‘l-transport hodisalarida, og‘ir jarrohlik amaliyotlarida, tug‘ruq jarayonlarida, onkologik va qon kasalliklarida donor qoni hayotbaxsh kuchga aylanadi. Shu bois yurtimizda donorlik harakatini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 yanvardagi PQ-19-sonli qarori ijrosi doirasida “Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi o‘tkazilmoqda. Bu tashabbus insonparvarlik, hamjihatlik va birdamlikning yorqin namunasidir. Ushbu aksiyada Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi xodimlari ham faol ishtirok etishga harakat qilmoqda. Bu tashabbusga Jamg‘armning Buxoro va Xorazm viloyati hududiy bo‘linmalari birinchilardan bo‘lib, «labbay» deya javob berishdi.

Qayd etish joizki, 18 yoshga to‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan har bir sog‘lom fuqaro ixtiyoriy ravishda donor bo‘lishi mumkin. Donorlik faqat ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.

Qon donorligi oddiy tibbiy jarayon emas, balki yuksak fuqarolik pozitsiyasi hamdir. Chunki, bir donor bir nechta inson hayotini saqlab qolish imkoniga ega. Shu bois ham bir donor ko‘magida kimningdir onasi, farzandi yoki yaqini ikkinchi bor yashash imkoniga ega bo‘ladi.

Yurtimizda ijtimoiy mas’uliyatiga befarq bo‘lmagan fuqarolar mehnati munosib e’tirof etilmoqda. Doimiy donorlarga “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni beriladi. Ularga belgilangan tartibda ijtimoiy imtiyozlar va rag‘batlantirish choralari ko‘riladi. Xususan, qon topshirgan fuqarolarga qonunchilikka muvofiq dam olish kuni ham beriladi.

Yurtimizda har yili 14 iyun – Xalqaro qon donorlari kunida sifatida nishonlanishi, bu kunda faxriy donorlarni taqdirlash an’anaga aylangani ham bejiz emas. Chunki, ular hayot saqlovchilardir.

Siz ham bu xayrli harakatga qo‘shiling. Bir tomchi qoningiz kimningdir umrini uzaytirishi, bir hayotni saqlab qolishi mumkin!

Jamg‘armanning boshqa hududiy vakillari ham bu aksiyada faol ishtirok etishga tayyor turibdi.