Телефон доверия:
(+998 71) 241 02 39
Электронная почта:
info@tibbiysugurta.uz

Reimbursatsiya: 12 xil surunkali kasalliklar uchun dori vositalari bepul berilmoqda

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Reimbursatsiya: 12 xil surunkali kasalliklar uchun dori vositalari bepul berilmoqda
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > Reimbursatsiya: 12 xil surunkali kasalliklar uchun dori vositalari bepul berilmoqda

Sirdaryo viloyatida alohida surunkali kasalliklar bo‘yicha reimbursatsiya tizimi tajriba tariqasida joriy etildi.
Reimbursatsiya bu «rem»- “qoplab beraman” degan ma’noni bildirib, uning maqsadi bemorlarning moliyaviy yukini kamaytirib, dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qoplashdir. Ushbu dastur 2022 yilda boshlangan bo‘lib, hududlarda bosqichma-bosqich kengaytirilmoqda. Hozirgi kunda reimbursatsiya dasturi Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy, Xorazm, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida joriy etilib, 2026 yil yakunigacha respublikaning barcha hududlarini qamrab olishi rejalashtirilgan.
Ushbu dastur rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish asosida joriy etilib, avvaliga 5 turdagi kasalliklarga 11 xil dori vositalari bepul berilayotgan edi. Vazirlar Mahkamasining 619-sonli qaroriga asosan esa kasalliklar turlari kengaytirildi hamda 5 turdagi emas, 12 turdagi kasalliklarga 28 xildagi dorilarning bepul berilishi yo‘lga qo‘yildi.
Bemorlar oilaviy shifokoriga borib, tekshiruvdan o‘tishadi va kasalliklari aniqlangan holatda, ularga shifokor tomonidan elektron retsept rasmiylashtirilib beriladi. Davolanuvchi maxsus sms kod orqali Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnomaga ega bo‘lgan dorixonalardan dori vositalarini bepul oladi. Ularning xarajatlari davlat tibbiy sug‘urtasi tomonidan kafolatlanadi.
2025 yil bu tizim asosida 1 million 300 nafardan ortiq bemorlar bepul dorilar bilan ta’minlangan. Ularga 2500 milliondan ortiq elektron retseptlar rasmiylashtirilib, 90 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar to‘langan.
– Ma’lumki, elektron retsept barcha dori vositalariga yoziladi. Reimbursatsiya dasturidagi elektron retsept esa bevosita davlat tomonidan kafolatlangan bepul dori vositalari uchundir. Ularning xarajatlari 100 foiz davlat tomonidan qoplanadi, – deydi Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi reimbursatsiya bo‘limi boshlig‘i Zafar Sabirov.
Dori vositalari retsepti beriladigan kasalliklar ro‘yxati:
Sklerozlanuvchi panensefalit
Parazitlarga va protozoylarga qarshi vositalar
Qon va qon hosil qilish tizimi
Qalqonsimon bez kasalliklari
Qandli diabetning 2-turi
Yuraq qon-tomir tizimi kasalliklari
Nafas olish tizimi
Me’da-ichak tizimi kasalliklari
Qandsiz diabet.
Izoh: 10 fevral kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida reimbursatsiya dasturi haqida berilgan ma’lumotlar asosida «Ishonch.uz» saytida maqola e’lon qilindi.