Телефон доверия:
(+998 71) 241 02 39
Электронная почта:
info@tibbiysugurta.uz

TA’MLAR ORQASIDAGI ACHCHIQ HAQIQAT: ELEKTRON TAMAKI VA YOShLARGA TUZOQ

Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > TA’MLAR ORQASIDAGI ACHCHIQ HAQIQAT: ELEKTRON TAMAKI VA YOShLARGA TUZOQ
Tibbiy sug‘urta sayti > Yangiliklar > TA’MLAR ORQASIDAGI ACHCHIQ HAQIQAT: ELEKTRON TAMAKI VA YOShLARGA TUZOQ

Mevali, vanilli, yoqimli hidli elektron tamakilar — bugungi kunda ko‘plab yoshlar uchun zamonaviy aksesuarydek ko‘rinadi. Ular ko‘p hollarda «behatar», «quvnoq» yoki «stressni yengillashtiruvchi» mahsulot sifatida taqdim etiladi.
Ammo bu ta’mlar va dizaynlar orqali nikotin industriyasi yoshlarni qaramlikka o‘rgatmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotiga ko‘ra, Yevropadagi 13–15 yoshli 4 milliondan ortiq o‘quvchi tamaki mahsulotlaridan, jumladan elektron tamakilardan foydalanmoqda.
Yoshlar orasida nikotingа ommalashishining asosiy sababi «qulupnay», «tarvuz», «vanil» kabi “yoqimli” ta’mlar ularda qiziqish uyg‘otmoqda.
Elektron tamakilardagi «filtrlar» va «chiroyli dizayn» yoshlarda yolg‘on xavfsizlik hissini uyg‘otadi. Go‘yo ular klassik sigaretalardan zararsizdek. Ammo bu — chalg‘itish.
Bir marta elektron tamaki sinab ko‘rgan yoshlarning asosiy qismi keyinchalik doimiy nikotin iste’molchisiga aylanmoqda. Buning oqibatida nafas olish tizimida o‘zgarishlar, yurak faoliyatida buzilish va ruhiy qaramlik kelib chiqadi.
Elektron tamakilarda nikotin miqdori yuqori.
O‘smirlar miyasi hali to‘liq shakllanmagani sababli nikotingа tez bog‘lanadi.
Elektron tamakilardan foydalanish odatga aylanadi.
“Bu oddiy tutun” degan tushuncha — ishlab chiqaruvchilarning asosiy manipulyatsiyasidir.
JSST yoshlar orasida bu illatni kamaytirish maqsadida quyidagi usullarni taklif qilmoqda:
Elektron tamaki va ta’mli nikotin mahsulotlarining erkin sotilishiga cheklov joriy etish.
Maktab va kollejlarda profilaktik ta’lim — yoshlarga bu mahsulotlar haqida haqiqatni yetkazish.
Tamaki mahsulotlarining yoshlarga mo‘ljallangan reklama va targ‘ibotini taqiqlash.
Ota-onalar, o‘qituvchilar va jamoat faollari ishtirokida sog‘lom muhitni qo‘llab-quvvatlash.
Shirin ta’mlar, yorqin qutilar va “zararsiz tutun” — bularning barchasi marketing tuzog‘i.
Elektron tamakilar an’anaviy sigaretalardan kam zararli emas. Ular faqat yangi avlodni nikotingа bog‘lashning zamonaviy usuli xolos.
Yosh avlodni asrash — bu faqat ota-onalar yoki maktablar vazifasi emas, balki har birimizning umuminsoniy burchimiz.